“Atletiko” o'z tarixida ikkinchi bor “Eybar”ga yutqazib qo'ydi

19 yanv 2020, 08:42
La Liga 20-turida “Atletiko” safarda “Eybar”ga (0:2) imkoniyati boy berdi.

Bu madridliklarning barcha musobaqlarda “Eybar”dan qabul qilgan ikkinchi mag'lubiyatidir. Birinchi marta “Atletiko” ushbu klubda 2001 yilda mag'lub bo'lgan. O'shanda har ikkala jamoa Ispaniya ikkinchi divizionida to'p tepgan.

O'zaro o'yinlar tarixida ikkita mag'lubiyatdan tashqari “Atletiko” ushbu raqibini 12 bor mag'lub etgan va to'rtta bahsda durangga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports