"Atletiko" "Osasuna"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi. Unda bir qator yetakchilar, xususan Luis Suares yo'q

Alisher
31 okt 2020, 11:28
"Atletiko" bugun La Liga 8-tur doirasida "Osasuna" mehmoni bo'ladi.

Bugungi o'yinda jarohati sabab madridliklarga Diego Kosta, Yannik-Ferreyra Karrasko, Saul va Shime Vrsalko yordam bera olishmaydi. Bundan tashqari, "Atletiko" ustozi Diego Simeone jamoa to'purari Luis Suaresga dam olish imkoniyatini taqdim etgan.


Darvozabonlar: Ivo Grbich, Yan Oblak

Himoyachilar: Xose Mariya Ximenes, Manu Sanches, Renan Lodi, Stefan Savich, Felipe Augusto Montero, Mario Ermoso, Kiran Tripper, Rikard Sanches

Yarim himoyachilar: Lukas Torreyra, Koke, Toma Lemar, Markus Lorente, Ektor Errera, Vitolo, Xerman Valera

Hujumchilar: Joau Feliks, Anxel Korrea, Ivan Shaponich, Serxio Kamelo.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com