"Atletiko" mavsumoldi tayyorgarlikni Felikssiz boshlaydi

Alisher
25 avg 2020, 16:50
"Atletiko" forvardi Joau Feliks jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi boshini o'tkazib yuboradi.

Madrid grandi tatildan so'ng 3 sentyabrda yig'iladi. Dastlab barcha koronavirus uchun testdan o'tkaziladi, shundan so'ng mashg'ulotlar boshlanadi.

Feliks esa bu vaqt davomida Portugaliya terma jamoasi ixtiyorida bo'ladi. Uning jamoasini Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiya va Shvetsiyaga qarshi o'yinlar kutib turibdi.

Umumiy 5 o'yinchi "Atletiko"ning mavsumoldi tayyorgarlikning boshini o'tkazib yuboradi, ularning barchasi terma jamoadan chaqiruv olishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca