

"Matraschilar"ning 26 yoshli futbolchining xaridi borasida shartnoma tayyorlashayotgani ma'lum. Bunga sabab shuki, "shaharliklar" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish bilan shartnoma imzolashga yaqinlar.
Angliyalik kelsa, Silva katta ehtimol bilan ketadi. "Siti" futbolchini 60-70 million evrodan kamiga qo'yib yuborishi qiyin masala.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.



