"Atletiko" "Manchester Siti" bilan 19 yoshli francuz uchun kurashadi

Alisher
14 iyul 2022, 10:55
"Bordo" hujumchisi Seku Mara yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

19 yoshli francuzni "Atletiko", "Manchester Siti", "Trua" va "Lion" o'z safiga jalb qilmoqda. O'yinchining amaldagi shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan.

"Bordo" iyun oyida muvaffaqiyatsiz moliyaviy tekshiruv sabab mamlakatning uchinchi divizioniga tushirib yuborilgan edi.

Qarorga etiroz bildirish uchun klub komissiya kafolatini taqdim etishi kerak, shu sabab "Bordo" Mara uchun kamida 15 mln evro olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe