Atletiko – Malaga. Simeone zaxira o'rindig'idan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2016, 08:30
Atletiko ustozi Diego Simeone Malaga bilan o'yin vaqtida (1:0) hakam tomonidan chetlatildi.

Bosh hakam argentinalik murabbiyni birinchi bo'lim tugaganidan so'ng zaxira o'rindig'idan chetlatdi, shu bois ikkinchi bo'limni 45 yoshli Simeone tribunadan kuzatdi.

Katta ehtimol bilan u Malaga hujum qilayotgan vaqtda murabbiylar shtabidan kimdir maydonga to'pni uloqtirgani uchun tribunaga badarg'a qilingan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com