“Atletiko M” Milik uchun kurashadi

27 iyun 2020, 08:16
“Napoli” hujumchisiga Madriddan ham da'vogar bor.

Arkadiush Milik “Napoli”ni tark etishga tayyor. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Milik uchun kurashga “Atletiko Madrid” ham qo'shildi. “Napoli” avvalroq Milik uchun o'z futbolchisini taklif qilgan “Yuventus”ga rad javobini bergandi. Neapolliklar Arkadiushni faqat to'g'ridan-to'g'ri mablag' evaziga sotishni rejalashtirgan.

“Napoli” Milik transferidan tushgan mablag'ga “Zenit”dan Syerdar Azmunni olib kelishni o'ylayotgani takidlanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com