"Atletiko" Lemar bilan xayrlashmoqchi emas

Alisher
20 mar 2021
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi.

25 yoshli Fransiya terma jamoasi o'yinchisiga "Arsenal" qiziqish bildirayotgan, "kanonirlar" ustozi Mikel Arteta shaxsan o'yinchini o'z jamoasida ko'rmoqchi edi.

Ammo Madrid klubi rahbariyati Lemarni jamoaning juda muhim o'yinchisi deb biladi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS