"Atletiko" jahon chempionini sotish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023, 11:48
"Yuventus" argentinalik yarim himoyachiga asosiy da'vogar hisoblanadi.

Madridning "Atletiko" klubi yozda argentinalik yarim himoyachi Rodrigo de Paulning transferi bo'yicha turli takliflarni ko'rib chiqadi. Shu bilan birga, "Yuventus" kelasi mavsumda jahon chempionini qo'lga kiritishga katta qiziqish bildirmoqda.

Diego Pablo Simeone uchun muhim shaxs bo'lishiga qaramay, De Paulning "Atletiko"da sanoqli kunlari qolgan bo'lishi mumkin. Uning Italiya chempionatiga qaytish ehtimoli yuqori. Bu haqda "Football Espana" yozmoqda.

"Atletiko" moliyaviy jihatdan qiyin holatda ekanligini inobatga olsak, De Paul kelasi yozda sotiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana