"Atletiko" himoyachisi Teo Ernandes "Real" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 18:45
Himoyachi Teo Ernandes "Real" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Qirollik klubi"ga o'tishga yaqin turibdi.

Fransiyalikning transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli, biroq u ijara asosida "Alaves" sharafini himoya qilmoqda.

Oldinroq Ernandes 24 mln. evro evaziga "Real"ga o'tishi e'lon qilingan edi.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 31 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta gol urib, 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca