"Atletiko" himoyachisi "Real" yoki MYUga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 sen 2018
"Real" va "Manchester Yunayted" "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"France Football" xabariga ko'ra, bir necha haftalardan buyon "qaymoqranglilar" va "qizil iblislar" vakillari futbolchining harakatlarini kuzatishmoqda. Ernandes keyingi yili yozda jamoani tark etishi ham rad etilmayapti.

Ushbu mavsumda Lukas "Atletiko" tarkibida 2 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football