

U erkin agent sifatida Braziliyaning San-Paulu klubi bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar 1,5 yillik kelishuvga erishgan.
34 yoshli o'ng qanot himoyachisi matraschilar safida 8 mavsum o'tkazdi va shu vaqt oralig'ida 8ta titulni qo'lga kiritishga erishdi. Shuningdek, tajribali futbolchi qizil furiya tarkibida Yevropa chempioni bo'lishga ham muvaffaq bo'lgan.
Avvalroq, San-Paulu shahri jamoasi Dani Alveshni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.




