"Atletiko" Grizmanni PSJ hujumchisiga almashishga tayyor

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 15:15
"Atletiko" forvardi Antuan Gizmann hujumchi Edinson Kavanining evaziga PSJga o'tishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, Ispaniya jamoasi yana bir qancha mablag' talab qilmoqda. Ayni damda Grizmanning xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Grizmann "Atletiko"dan ketishini rasman ma'lum qilgandi. 1 iyun kuni uning transfer narxi 200 million evrodan 120 million evrogacha tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal