"Atletiko" futbolchisi JCHni o'ylab jamoadan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 noya 2025
"Atletiko" hujumchisi Aleksander Syorlot yanvar oyida Madridni tark etish niyatida.

Ispaniyalik jurnalist Viktor Lebariya Eskutiyaning so'zlariga ko'ra, Syorlot JCH-2026 oldidan mavsumni yuqori formada yakunlash uchun to'liq 90 daqiqa o'ynash imkoniyatini beradigan jamoa qidirmoqda.

Futbolchining qarori uning Jahon chempionatiga to'liq tayyor bo'lish istagi bilan bog'liq.

Biroq transfer bu qishda amalga oshmasa, Syorlot baribir "Atletiko"ni tark etishni xohlaydi va kelasi yozni kutadi.

Norvegiyalik bu mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, ko'pincha zaxiradan maydonga tushdi. U "matraschilar" safida 14 o'yin o'tkazib, 2 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ca.sports.yahoo.com