"Atletiko" Fransiya chempionining transferini e'lon qildi

Alisher
1 fev 2022
"Lill" himoyachisi Reynildo Mandava "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

28 yoshli mozambiklikning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Mandava joriy mavsum "Lill" tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. U klubi bilan Fransiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida g'olib bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com