

23 yoshli o'yinchi uchun bir yo'la bir necha APL klublari da'vogarlik qilmoqda.
Ispan klubi o'yinchini hatto mavsum so'nggiga qadar ijaraga berib yuborishga ham tayyor, ammo bunday holatda 8 million funt sterling miqdorida kompensaciya olmoqchi.
Feliks Madridda 2019 yildan beri o'ynaydi. O'shanda ispanlar o'yinchi uchun "Benfika"ga 127 million evro to'lashgan.
Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini hozirda 50 million evroga baholamoqda.
Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



