"Atletiko" Erreraga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
28 fev 2022, 10:36
Madridning "Atletiko" klubi meksikalik yarim himoyachi Ektor Errera bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

U klubga 2019 yilda kelgandi. Errera dastlabki ikki yilda kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo Diego Simeone so'nggi vaqtlarda unga ko'p ishonmoqda va 31 yoshli xavbek La Ligada 15ta o'yin o'tkazdi.

"Atletiko" yarim himoyachiga shartnomani uzaytirishni taklif etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo