“Atletiko” Diopni sotib olishi mumkin

18 mar 2020, 09:05
Issa Diop Madrid klubi nishonida.

“Atletiko” yozgi transferlar vaqtida “Vest Xem” himoyachisi Issa Diopni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. 23 yoshli francuzning transferi uchun klub 40 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Diopga ayni damda “Arsenal”, “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” ham da'vogarlik qilmoqda.

“Vest Xem”ga 2018 yilda kelgan Issa joriy mavsum APL doirasida 23 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon