"Atletiko" Dibala uchun qancha taklif qiladi?

15 noya 2020, 00:50
Biroz avval "Mundo Deportivo" "Yuventus" yarim himoyachisi Paulo Dibala Madridning "Atletiko" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgani haqida xabar bergan edi.

"TNT Sports" esa "matraschilar" argentinalik futbolchi tayyorlayotgan taklif miqdorini ochiqladi. Dibala uchun Turin klubiga Alvaro Morata + 35 mln evro mablag' taklif qilinadi.

Paulo Dibalaning "Keksa sinora" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TNT Sports