

Madrid klubi argentinalik futbolchi uchun 20 mln evro va o'tgan mavsumni "Granada"da ijarada o'tkazgan himoyachi Neuen Peresni taklif qilmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Udine klubi esa ko'proq mablag' xohlamoqda. Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Udineze" yetakchisini 40 million evroga baholamoqda.
27 yoshli de Paul o'tgan mavsum A Seriyada 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assist qayd etdi.



