"Atletiko" daniyalik futbolchining transferini e'lon qildi

Alisher
28 yanv 2022, 10:16
"Valensiya" himoyachisi Daniel Vass "Atletiko"ga o'tdi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar transfer borasida kelishuvga erishishdi. Futbolchi 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Daniyalik 2021/22 yilgi mavsum "Valensiya" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 6 million evroga baholamoqda. Xabarlarga ko'ra, o'tish 2,5 mln evro evaziga amalga oshgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com