"Atletiko" "Barselona"dan 15 mln. evro talab qiladi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2023, 20:11
"Atletiko" Joau Feliksning yangi transferi bo'yicha talablari ma'lum bo'ldi.

Portugaliyalik yarim himoyachi "Barselona"da ijara asosida to'p tepmoqda. Oldinroq, Kataloniya klubi futbolchini ijara shartnomasini uzaytirib, saqlab qolishni istayotgani haqida e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" Feliksni o'z rejalariga qo'shmagan, ammo avvalgi ijara shartlariga rozi emas. Madrid klubi yangi ijara bitimi uchun 15 mln. evrodan kam so'ramoqchi emas va bitimga kelajakda futbolchini sotib olish bandi qo'shiladi.

Joau Feliks joriy mavsum LaLiganing 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo