

"Atletik" Emerik Laportni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilmaganini ma'lum qildi.
Avvalroq ispanlar "Al Nassr" himoyachisining transferini kelishib, rasmiylashtirgan edilar, biroq Saudiya Arabistoni klubi bitim haqidagi ma'lumotni TMS (FIFA transferlarni muvofiqlashtirish tizimi)ga kechikib yuborgan.
Bugun bask klubi, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) bu holatda istisno qilishni so'raganiga qaramay, FIFA ularga futbolchini ro'yxatdan o'tkazishni rad etganini xabar qildi.
"Atletik" futbolchini jamoaga qo'shib olish ustidagi ishlarini davom ettirmoqda va mavjud huquqiy imkoniyatlarni sinchiklab o'rganmoqda. Agar transfer amalga oshmasa, kelishuv ispan klubi uchun hech qanday moliyaviy yomon oqibatlarsiz bekor qilinadi.



