"Atletik" "Barselona" tufayli Yevropa ligasida o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
28 may 2017
"Atletik" kelasi mavsum Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichida o'ynaydi.

"Atletik" yakunlangan mavsumda LaLigada ettinchi o'rinni egalladi, bu joy evrokuboklar uchun yo'llanma bermaydi. Biroq "Barselona"ning Ispaniya Kubogidagi g'alabasi va ular LaLigadagi ikkinchi o'rin bilan Chempionlar ligasiga yo'llanma olgani tufayli, Bilbao klubi Yevropa ligasida o'ynaydigan bo'ldi.

"Barselona"ning muvaffaqiyati tufayli "Real Sosedad" Yevropa ligasini guruh bosqichidan boshlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com