"Atletik" 23 yoshli klub tarbiyalanuvchisining vafot etgani haqida xabar qildi

Alisher
4 yanv 2021, 08:30
"Atletik" klub tarbiyalanuvchisi Aytor Gandiaganing vafot etganini xabar qildi.

Yarim himoyachi 23 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Futbolchi mashinasida avtobus bilan to'qnashib ketgan.

Hodisa kecha Markin-Xemeyn municipalitetida sodir bo'lgan. Tafsilotlar hali ma'lum emas.

"Atletik" oldinroq Gandiagani doimiy o'yin amaliyoti uchun uchinchi divizionning "Gernika" klubiga yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: athletic-club.eus