"Atalanta" yarim himoyachisi "Inter"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2017, 15:49
"Atalanta" yarim himoyachisi Roberto Galyardini yaqin vaqt ichida "Inter" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Transfer amalga oshishi uchun shartnomaning so'nggi detallarini kelishish kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" 22 yoshli futbolchini yozda xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi. Transfer 25-27 mln. evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Galyardini A Seriyaning 13 ta uchrashuvida 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport

Shuningdek o'qing