

“Keyingi 3 turda olti ochko olishimiz kerak, shu tufayli bo'lajak bahsdagi natija muhimligini tushunamiz. “Manchester Yunayted”ning qayta yangilanayotganidan foydalana olamiz. Krishtianu Ronaldu? Uni A Seriyada sog'inyapman. U chempionatga ko'p narsa berdi, men esa dunyoning eng yaxshi futbolchilariga to'qnash kelishni xush ko'raman”, deydi italiyalik mutaxassis.
Shuningdek, Gasperini hamkasbi Ole Gunnar Sulsherni qo'llab-quvvatlab, oxirgi yillar davomida klubda ajoyiv ishlar qilganini ta'kidladi.



