"Atalanta" Lukmanni jamoada olib qolmoqchi

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2025, 10:05
Football Italia xabar berishicha, italiyalik "Atalanta" bu mavsumda o'zining qanot hujumchisi Ademola Lukmanni qo'yib yuborishni istamaydi.

Bergamoliklar nigeriyalik forvardni Chempionlar Ligasi uchun ro'yxatga kiritgan va rahbariyat futbolchi bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qattiq harakat qilmoqda. Holbuki, undan avvalroq o'yinchi klubni tark etish istagini bildirgan edi.

Eslatib o'tamiz, yozda Lukman "Inter" yoki "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi. Hatto "neradzurri" tomonidan 45 million evro miqdorida aniq taklif ham kelgan, ammo klub  futbolchini qo'yib yubormadi.

Yangi mavsumda Lukman hali maydonga tushmadi, o'tgan mavsumda esa A Seriyada 31 o'yinda 15 ta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Football Italia