“Atalanta” futbolchisi yanvarda “Roma”ga o'tishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
20 dek 2021
“Atalanta” yarim himoyachisi Remo Froyler qishki transfer oynasida “Roma” a'zosiga aylanishi mumkin.

Shveytsariyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. “Bo'rilar” uning xaridi uchun 10 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Froyler 2016 yil yanvaridan beri bergamoliklar sharafini himoya qilib keladi. U 2021/22 yilgi mavsum A Seriyada 13 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. YCHLda esa 29 yoshli xavbek 6 bahsda 1+1 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato