"Atalanta" Boga bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
2 dek 2021, 11:24
"Atalanta" "Sassuolo" hujumchisi Jeremi Boganing transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bergamoliklar 24 yoshli ivuarlik futbolchi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Endi "Atalanta" o'yinchining transferi borasida klubning o'zi bilan kelishuvga erishishi kerak.

Boga 2021/22 yilgi mavsum "Sassuolo" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira