“Atalanta” A Seriyada navbatdagi rekordni o'rnatdi va "Milan"ning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
4 okt 2020, 19:25
Italiya chempionatining startidan o'rin olgan barcha uch bahsda zafar quchgan “Atalanta” raqiblar darvozasini 13 bor aniq nishonga oldi.

Bergamoliklar bugun “Kalyari”ni 5:2 natijasi bilan taslim etishgan bo'lsa, “Lacio” (4:1) va “Torino” (4:2) darvozasiga to'rt marttadan yo'l topishdi.

Shu tariqa, “Atalanta” chempionat tarixida ilk tur o'yinlarida kamida 4 tadan gol urgan birinchi klubga aylandi.

Shuningdek, Jan Pero Gasperini shogirdlari dastlabki uch turda 13 ta to'p kiritib, 1972/73 yilgi mavsum A Seriyada “Milan” qayd etgan rekordni takrorladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports