"Aston Villa" yarim himoyachisi APL antirekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
17 avg 2019
Angliya chempionatining 2-turida Aston Villa o'z maydonida Bornmutga 1:2 natijasi bilan imkoniyatni boy berdi.

Birmingemliklar yarim himoyachisi Jek Grilish bahsni asosiy daqiqalardan boshlab, o'ziga bitta golli uzatma yozib qo'ydi. Shuning bilan birga Grilish APL antirekordini ham o'rnatdi. Unga ko'ra, futbolchi asosiy tarkibda bahsni boshlagan ketma-ket 20-o'yinida jamoasi mag'lubiyatga uchradi.

Bu seriya esa 2014/15 yilgi mavsumdan Sautgemptonga (1:6) qarshi uchrashuvdan beri davom etib kelmoqda.  


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: B/R