"Aston Villa" "Valensiya" yarim himoyachisini sotib olishga yaqin turibdi
Aslanov Jasurbek
12 yanv 2015, 15:43
"Aston Villa" "Valensiya" yarim himoyachisi Karles Xilni qishki transfer oynasida sotib olishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Birmingem klubi 22 yoshli futbolchini 48 soat ichida kelishini kutmoqda. Xil "Aston Villa" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi mumkin va bu transfer uchun 3,25 mln funt sarflaydi.