"Aston Villa" "Marsel" yarim himoyachisining transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
25 yanv 2021, 12:00
"Marsel" xavbeki Morgan Sanson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

26 yoshli futbolchi Birmingemning "Aston Villa" klubiga o'tadi. Tomonlar transfer tafsilotlari borasida kelishuvga erishishgan.

Sansonning transferi birmingemliklar uchun 17 million evroga tushadi. Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.

Morgan joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano