"Aston Villa" Grilishga "Norvich"dan o'rinbosar topdi

Alisher
5 avg 2021
"Aston Villa" "Norvich" yarim himoyachisi Todd Kantvell uchun davogarlik qilmoqda.

"Sherlar" Jek Grilishning "Manchester Siti"ga transferi yakunlangandan so'ng, 23 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Kantvell 2020/21 yilgi mavsum "Norvich" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 22 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports