"Aston Villa" Eshli Yang bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
4 iyul 2022
"Aston Villa" himoyachi Eshli Yang bilan yangi shartnoma imzolanganini xabar qildi.

Kelishuv 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

36 yoshli futbolchi "Aston Villa"ga 2021 yilning iyulida qaytdi. U bunga qadar jamoa tarkibida 2007 yilning yanvaridan 2011 yilning iyuliga qadar harakat qilgan edi.

Yang 2021/22 yilgi mavsum klub safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: avfc.co.uk