Asror G'ofurov Turkiyada o'ynamoqda

Narzulla Saydullayev
11 fev 2015
O'zbekistonlik futbolchi Asror G'ofurov faoliyatini Turkiyada davom ettirmoqda.
1995 yilda tug'ilgan yarim himoyachi yanvar oyida Turkiyaning "Manisaspor" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Klub Turkiya birinchi ligasida ishtirok etmoqda. "Manisaspor" 19ta turdan so'ng musobaqa jadvalining 17-pog'onasida bormoqda.

Asror G'ofurov "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-2013 yillarda 49ta o'yinda 6ta gol urgan va 13 marta golli pas oshirgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia