
Biz o'z navbatida ko'p yillar davomida O'zbekistonning yetakchi jamoalarida, mamlakat milliy termasida faoliyat ko'rsatgan, ayni paytda esa “Sho'rtan” PFK sharafini himoya qilayotgan tajribali va fidoiy futbolchiga klubimiz rahbariyati, murabbiylari, o'yinchilari, xodimlari va ko'p ming sonli muxlislari nomidan sog'liq-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Uning yana uzoq vaqt O'zbekiston futboli ravnaqida hormay-tolmay mehnat kilishiga tilakdoshmiz.