Asror Aliqulov: "Yigitlar so'nggi daqiqalarda ham kuch topa olayotganliklari bizni xursand qiladi"

Mirjalol Normatov
22 sen 2023, 20:41
Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor-farm" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. Dastlabki bo'limda ham vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz soni yanada ko'paydi va ikkita gol kiritdik. "Navbahor-farm" butun o'yin davomida bizga bo'sh xududlar taqdim etmasliklari qiyin edi. So'ngi daqiqalarda imkoniyatlarimiz bo'ldi, foydalandik va g'alabaga erishdik.

- Petrovning zaxirada qolganligiga sabab nima?

- Petrov mahoratli futbolchi. Unda kichik jarohat bor va shu sababdan ham uni zaxiradan maydonga tushirdik.

- "Mashal" oxirgi o'yinlarda so'nggi daqiqalarga kelib gol urayapti. Bu sizning ko'rsatmangizmi?

- Yo'q, bunday ko'rsatma bermaymiz. O'yin boshidanoq gol urishga harakat qildik, biroq foydalana olmadik. Yigitlar so'nggi daqiqalarda iroda ko'rsatish uchun o'zida kuch topa olayotgani bizni xursand qiladi.

- Mavsum o'rtasida jamoaga kelib qo'shildingiz. Rahbariyatning munosabati qanday va Sizga qanaqa vazifa qo'yilgan?

- Rahbariyat futbol uchun barcha sharoitni yaratib bergan. Vazifani bajarish o'z qo'limizda. Minimum vazifamiz kuchli beshlikka kirish va Superliga yo'lida oxirigacha kurashamiz.

- "Mashal"ning kuchli uchlikka kirish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Nazariy jihatdan imkon bor. Biroq bizda hozir hujum bilan bog'liq muammolarimiz mavjud. O'yinlar davomida kuchayib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia