Asror Aliqulov: "Bugun yigitlarda xarakter yetishmadi"

Alisher Ostonov
18 may 2025
Superliga 10-tur doirasidagi "Xorazm" - "Mashal" (3:0) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Uchrashuvni yomon boshladik. Xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazdik. Tezkor ikkinchi gol o'tkazdik. O'zimizni oqlashga haqqimiz yo'q, uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimiz uchun yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Kimnidir ayblamoqchi emasmiz, afsuski yirik hisobda yutqazdik. 


- Zaxiradan tushgan Dilshod Rahmatullaev o'yinni kuchaytirdi. Nega u to'liq 90 daqiqaga tayyor emasmi?  

- Hisob bunday bo'lib turganda o'yinga kirishib kyetishi oson emasdi. Rahmatullaev asosiy tarkibda tushgan o'yinlar ham bo'ldi. Bizga markazda tezkor futbolchilar kerak edi, shu bois bugun zaxirada qoldi.



- Natijani hisobga olmaganda o'yinda qoniqish hosil qildingizmi? 

- Hujum qilishga harakat qildik. Bugun yigitlarda xarakter yetishmadi. Hujumlarning ko'pi tajovuzkorlik tufayli oxiriga yetmadi. 0:3 hisobida yutqazdik, o'yindan ham umuman qoniqmadim.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia