Asqar Jadigerov faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2014, 11:54
Tajribali futbolchi Asqar Jadigerov o'tgan yili "Andijon" safida birinchi ligada o'ynagandi.
Jamoa oliy ligaga chiqqach Jadigerov burgutlar lagerini tark etgandi. 34 yoshli futbolchi shundan so'ng qishki yig'inlarni Qozog'iston birinchi ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Maqtaaral"da o'tkazayotgandi.

Xabaringiz bor, bu klubga ayni damda Rauf Inileev ustozlik qilmoqda. Ma'lum bo'lishicha Jadigerov bu yil Inileev qo'li ostida o'ynaydigan bo'ldi. Asqar yaqinda yangi jamoasi bilan shartnoma ham imzolashga ulgurgan. Qozog'iston chempionatida legionerlar uchun cheklov bo'lib, 30 yoshdan oshgan legioner futbolchi milliy terma jamoasi safida o'ynaydigan bo'lishi kerak. Ammo Jadigerovni unday deya olmaymiz. Shu bois futbolchi Qog'og'iston pasportini ham olganligi to'g'risida ma'lumotlar bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia