Asqar Umarov: “Dinamo” bilan uchrashuvda uch ochko olishimiz shart”

Narzulla Saydullayev
25 may 2016, 12:05
Bugun Birinchi liga bahslarining 11-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Turning markaziy uchrashuvi “Zomin” - “Dinamo” uchrashuvdan oldin, uchrashuv haqida mezbonlar ustozining fikri bilan qiziqdik.

-  “Ertaga bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Bu uchrashuvga yigitlar to'liq tayyor holatda, jarohat olganlar yo'q. Faqatgina ximoyachi Sirojiddin Allaev maydonga tusha olmaydi. Chunki oldingi turda qizil kartochka olgan edi. Bu uchrashuvda uch ochko olishimiz shart, sababi o'z maydonimizda, yangidan ta'mirlangan maydonda muxlislarimiz oldida o'ynaymiz. O'ylaymanki muxlislar jamoa g'alaba qozonishida o'z xissalarini qo'shadi”, - dedi murabbiy.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia