Aspilikueta "Barselona" bilan shaxsiy kelishuvga erishdi

Alisher
11 iyul 2022, 11:53
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta "Barselona"ga o'tishga yaqin.

32 yoshli ispaniyalik Kataloniya klubi bilan ikki yillik bitim borasida kelishuvga erishdi.

Futbolchining maoshi soliqlarga qadar 13 mln evro atrofida bo'ladi.

"Barselona" hozirda "Chelsi" bilan o'yinchining transfer shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Londonliklar o'yinchi uchun 7 mln funt xohlashmoqda.

Aspilikuetaning "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangn.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard