Asmir Begovich "Stok Siti"da umrbod qolishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2014
"Stok Siti" klub darvozaboni Asmir Begovichga bir umrlik shartnoma taklif qilmoqchi.
Klub prezidenti Piter Kouts 27 yoshli darvozabonni klubning ramzi hisoblaydi. U o'tgan mavsumda Angliya chempionatida 32 ta o'yinda ishtirok etib, 36 gol o'tkazib yubordi. 9 ta o'yinda esa darvozasi dahlsizligini saqlay oldi.