"Ashxobod-2017". Futzal: O'zbekiston finalda!

Tolibjon Qosimov
24 sen 2017, 21:15
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari davom etmoqda.


Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yarim final doirasida Yaponiya bilan bellashdi. O'yinning asosiy vaqti va ekstra taymlar 3:3 hisobidagi durang bilan tugadi. Penaltilar seriyasida esa vakillarimiz g'alaba qozonishdi - 3:2.


YANGILASH


"Ashxobod-2017"
Futzal, Yarim final

24.09.2017
Yaponiya - O'zbekiston 3:3 (penaltilar seriyasi - 2:3)
Gollar:
Kasho Tamuro 8, K.Shimizu 27, SH.Xara 34 - K.Sviridov 20, D.Abdurahmonov 23, D.Choriev 35

Yaponiya (birinchi beshlik): Daimu Yazava, Koto Uematsu, Yuki Murota, Kazuya Shimizu, Atsuya Uemura.
Zaxira: Taku Miura, Shinsuke Xara, Kasho Tamura, Shota Xorigome, Kiyoto Yagi, Koichi Saito, Takashi Morimura, Takuya Uexara, Masaya Xashimoto.

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Husniddin Nishonov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroev, Davron Abdurahmonov, Davron Choriev, Akmal Xazratqulov, Dilshod Rahmatov.

Ogohlantirishlar: K.Shimizu 22 - A.Yunusov 21, D.Abdurahmonov 32

Chetlatish: K.Shimizu 28



- G'alabaaa, terma jamoamiz Yaponiyani penaltilar seriyasida 3:2 hisobida mag'lub etishdi va finalga yo'l olishdi. G'alaba va final muborak muxlislar!

- Vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi - 2:2.

Penaltilarda hozircha hisob 2:1, yaponlar oldinda.

- Ekstra taymlarda hisob o'zgarmadi. Finalda kim o'ynashini penaltilar seriyasi aniqlab beradi. Yigitlarimizga omad tilab qolamiz.

- Ikkinchi ekstra taym ham yakunlanib bormoqda, hisob hamon 3:3. Voqealar rivoji bizni penaltilar seriyasi tomon etaklamoqda.

- Uchrashuvning asosiy tarkibi 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Endi tomonlar 5 daqiqadan ikkita qo'shimcha taym o'ynashadi, shunda ham g'olib aniqlanmasa, finalchi kim bo'lishini penaltilar seriyasi aniqlab beradi.

- Yaponiyaliklar tarkibida ikkinchi golni urgan Kazuya Shimizu ikkinchi sariq va ketidan qizil kartochka oldi. Vakillarimiz 2 daqiqa davomida bir kishi ko'p bo'lib harakat qilishadi.

Terma jamoamiz a'zolari uchinchi golni o'tkazib yuborganlaridan keyin keyingi daqiqada hisobni tenglashtirishdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia