Ashurmatov RPL 19-tur ramziy jamoasidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
4 mar 2024
"Match Premer" telekanali o'z talqiniga ko'ra Rossiya Premer-ligasi 19-turi ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

Undan O'zbekiston terma jamoasi va "Rubin" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov ham o'rin oldi. 

Ma'lumot o'rnida, Ashurmatov chempionat yetakchisi "Krasnodar" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.



Avvalroq 27 yoshli futbolchi RUSTAT indeksi bo'yicha turning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч Премьер