Asensio kutilmaganda "Real" bilan shartnoma uzaytirishni xohlamadi

Aslanov Jasurbek
26 may 2023, 23:15
Marko Asensio mavsum oxirida "Real"ni tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli yarim himoyachi "Qirollik klubi" bilan 30 iyunda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

Asensioning agenti Jorje Mendesh dekabrdan beri klub bilan yangi bitim borasida muzokaralar o'tkazayotgandi, ammo natijada klub taklifini rad etdi.

"Real" Asensioning maoshini biroz oshirmoqchi bo'lgandi, biroq futbolchi jamoada muhimroq rolni xohladi.

Asensio "Real"da 2015 yildan beri o'ynab keladi. Bu vaqt ichida u "Qirollik klubi" bilan 16ta sovrin yutdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo