Asensio: "20-raqamda faoliyatini yakunlaydi deb o'ylaysizlarmi?"

Mirjalol Normatov
12 sen 2018, 22:26
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio libosidagi raqamini o'zgartirmoqchi.

Ispaniyalik futbolchi "qirollik klubi"da 20-raqamda harakat qilmoqda. Oldinroq u yangi mavsumni 7-raqamda o'tkazishi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ammo bu raqamga "Lion"dan transfer qilingan Mariano Dias ega chiqdi.

"U faoliyatimni 20-raqamda yakunlaydi, deb o'ylagan bo'lsangiz, xato qilasiz. Barchasi mening ambiciyalarimga bog'liq. Raqamimni o'zgartiramanmi? Albatta. Voqealarning rivojiga qarash kerak", - dedi Asensio.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS