Asr omadsizligi! Bunday vaziyatdan gol urmaslik - ...

Aslanov Jasurbek
8 apr 2019
Kecha, 7 aprel kuni PSJ hamda "Strasburg" o'rtasida Fransiya chempionatining 31-tur o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

Ushbu o'yinda tarixda kuzatilmagan vaziyat ro'y berdi. Uchrashuvning 28-daqiqasida (hisob 1:1 paytida) parijliklar hujumga o'tishdi. Nkunku to'pni jarima maydonchasi ichidan markazroqqa tashladi, ammo to'p raqib posboni qo'liga tegib, yo'nalishi darvoza tomonga o'zgardi. PSJ hujumchisi Erik-Maksim Chupo-Moting golni o'z hisobiga yozdirib qo'yishni o'ylab, to'p yo'nalishini biroz o'zgartirishga urindi, ammo to'p chiziq ustida turib qoldi va himoyachilar uni darvozadan uzoqlashtirishdi.

TAS-IX

 


TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia