AS: Real 11-raqamni Beylga olib qo'ydi

11 iyul 2013, 17:51
AS nashrining xabar berishicha, "Real" rahbariyati 11-raqamni "Real"ga kelishi kutilayotgan "Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl uchun band qilib qo'yishga qaror qilgan.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentina Peres mavsumlar oralig'idagi "Real"ning asosiy vazifasi Beylni jamoaga olib kelish deb hisoblaydi. 

Avvalroq "Real" futbolchi uchun 90 million evro to'lashga tayyor ekanini ma'lum qilgandi. Futbolchi uchun "Real" bilan baxslasha oladigan yagona klub "PSJ" bo'lib turibdi.


Manba: sports.ru